Kirish Ro'yxatdan o'tish

Eshli Koul Ris Jeyms va Nunu Mendesh o‘rtasida tanlov qildi

Eshli Koul Ris Jeyms va Nunu Mendesh o‘rtasida tanlov qildi

Baho:
+2 | -

Angliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Eshli Koul «Chelsi» a’zosi Ris Jeyms va «PSJ» vakili Nunu Mendesh o‘rtasida tanlov qildi.

«Agar o‘z jamoamda qaysi himoyachini ko‘rishni xohlashim haqida o‘ylasam, men Ris Jeymsni tanlagan bo‘lardim», — dedi Eshli Koul The Overlapga bergan intervyusida.

Ris Jeyms «Chelsi» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning «ko‘klar» bilan shartnomasi 2032 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda himoyachi London klubi safida barcha turnirlarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va yettita golli uzatmani amalga oshirdi.

Nunu Mendesh 2022 yilda 38 million yevro evaziga «Sporting»dan «PSJ»ga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda himoyachi parijliklar safida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, oltita gol urdi va oltita assist qayd etdi.

Kiritildi: 16:56, 29.03.2026.
O'qildi: 485 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик