«Manchester Yunayted»ning afsonaviy sobiq himoyachisi Rio Ferdinand Sandro Tonali va Bruno Gimaraesning jamoaga ehtimoliy o‘tishini qo‘llab-quvvatlamayapti.
Ingliz mutaxassisining fikricha, «Nyukasl»ning har ikki yarim himoyachisi «qizil iblislar»ga u qadar mos kelmaydi.
«O‘ylaymanki, bizga ancha dinamik va baquvvat yarim himoyachi kerak. U bilan maydon markazi jismoniy jihatdan kuchli bo‘ladi va eng zo‘r jamoalarga qarshi tura oladi. Ha, Tonali va Gimaraes — top-darajadagi o‘yinchilar, meni noto‘g‘ri tushunmang, lekin menimcha, klubimiz boshqacha tipdagi futbolchini sotib olishga harakat qiladi», — dedi Ferdinand o‘z podkastida.
Mankunianliklarning transfer maqsadlaridan biri sifatida, shuningdek, «Nottingem Forest» a’zosi Elliot Anderson ham tilga olinmoqda.













