«Manchester Siti» yarim himoyachisi Jeremi Doku quvonchli xabar bilan o‘rtoqlashdi. U tez orada ilk bor ota bo‘ladi.
Belgiyalik futbolchi va uning hamrohi «shaharliklar» stadionida gender-pati (farzandning jinsini aniqlash marosimi) o‘tkazishdi. Ma’lum bo‘lishicha, Jeremi va Shirin oilasida o‘g‘il farzand dunyoga keladi. Bo‘lajak ota-ona merosxo‘r uchun hali ism tanlashmagan.
O‘tgan yilning yozida Doku Shirinning qo‘lini so‘ragan edi, taxminan yarim yil avval esa juftlik to‘y qilishdi. Rafiqasi futbolchidan 6 yosh katta.
Dokuning «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchini 65 million yevroga baholamoqda.













