Myunxenning «Bavariya» klubi boshqaruv kengashi a’zosi Uli Xyoness jamoa bosh murabbiyi Vensan Kompanining faoliyati haqida o‘z fikrini bildirdi.
«Kompani bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan. Uning «Bavariya»da hali vaqti juda ko‘p. Biz bu mutaxassisga to‘liq ishonamiz. Unga bo‘lgan ishonchimiz qanchalik yuqori ekanini ko‘rsatish uchun ham shunday muddatga shartnoma imzolaganmiz», — deya insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda klub vakilining so‘zlarini keltirmoqda.
Hozirda «Bavariya» Bundesliga turnir jadvalida eng yaqin ta’qibchisini to‘qqiz ochkoga ortda qoldirgan holda ishonch bilan peshqadamlik qilmoqda. Chempionlar Ligasida esa Myunxen grandi chorak final bosqichida Madridning «Real» klubi bilan to‘qnash keladi.













