Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Karlo Anchelotti Braziliya qanday holatda JCH–2026da g‘alaba qozonish mumkinligi aytdi

Karlo Anchelotti Braziliya qanday holatda JCH–2026da g‘alaba qozonish mumkinligi aytdi

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Xorvatiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan Madridning «Real» klubi sobiq yarim himoyachisi Luka Modrichni yuqori baholadi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

Italiyalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, 40 yoshli xorvat hozirgi paytda ham o‘ziga xos va noyob futbolchi bo‘lib qolmoqda.

«Modrich maydonda istalgan pozisiyada o‘ynay oladi, chunki u universal yarim himoyachi. U men boshqargan eng yaxshi o‘yinchilardan biri. U ajoyib professional. Modrich — noyob. Dunyoda unga o‘xshash boshqa futbolchi yo‘q», — dedi Anchelotti.

Shuningdek, murabbiy Fransiyaga qarshi 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin jamoasining holatiga ham izoh berdi.

«Albatta, biz yanada o‘sishimiz kerak. Ammo Jahon chempionatida nima qilishni aniq bilamiz. Xotirjam bo‘lish kerak, chunki murabbiylar shtabi va federasiya biz to‘g‘ri yo‘ldamiz, deb ishonmoqda. Shu paytgacha yaxshi ish olib bordik, deb o‘ylayman», — dedi u.

Anchelotti ta’kidlashicha, Jahon chempionatida g‘alaba qozonish uchun Braziliyaga faqat hujumda yorqin o‘yinning o‘zi yetarli emas.

«Braziliya chempion bo‘lishi uchun bizga iqtidor kerak — va u bizda bor. Ammo bundan tashqari, yaxshi himoya ham zarur. Boshqa yo‘l yo‘q. Men faqat hujumkor futbolga ishonmayman», — dedi murabbiy.

Shuningdek, u jamoa yetakchilari Vinisius Junior va Rafinya haqida ham fikr bildirdi.

«Hozir Vinisius va Rafinya dunyodagi eng yaxshi futbolchilar qatoriga kiradi. Jahon chempionatida ham ular eng yaxshilardan bo‘lishiga ishonaman. Ikkalasida ham kuchli xarakter va shaxsiyat bor», — deya qo‘shimcha qildi Anchelotti.

Bundan tashqari, murabbiy «Flamengo» himoyachisi Danilo JCH–2026 uchun yakuniy ro‘yxatdan joy olishini tasdiqladi.

«Danilo nafaqat maydonda, balki undan tashqarida ham juda muhim o‘yinchi. U 26 nafarlik yakuniy tarkibdan aniq joy oladi, chunki menga uning xarakteri, shaxsiyati va o‘yin uslubi yoqadi. U himoyada istalgan pozisiyada o‘ynay oladi», — deya ta’kidladi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya va Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 1 aprel kuni Orlandoda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 05:00 (Toshkent vaqti)da start oladi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 23:33, 30.03.2026.
O'qildi: 2139 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик