Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Fabrisio Romano Sandro Tonali yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkinligini tasdiqladi

Fabrisio Romano Sandro Tonali yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkinligini tasdiqladi

Baho:
+ | -

Dunyoga mashhur insayder Fabrisio Romano italiyalik yarim himoyachi Sandro Tonali va uning 2026 yil yozida «Nyukasl»dan ehtimoliy ketishi haqida fikr bildirdi.

«Nyukasl» Sandro Tonalining shu yozda boshqa klubga o‘tishini kutmoqda. Klub rahbariyati futbolchining boshqa jamoaga transfer qilinish istagiga ochiq ekanligini biladi. "Arsenal" unga qiziqish bildirmoqda, biroq hozircha muzokaralarda siljish yo‘q. "Manchester Yunayted" va futbolchining agentlari o‘rtasida ehtimoliy transfer bo‘yicha muhokamalar boshlandi», — deb yozadi Romano o‘zining shaxsiy ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum yakunlariga ko‘ra «Nyukasl»ning yevrokuboklarga yo‘l olishi dargumon bo‘lib turibdi. «Qarg‘alar» Chempionlar Ligasining 1/8 finalida «Barselona»ga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 3:8 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

APLda esa «Nyukasl» 42 ochko bilan 12-o‘rinni egallab turibdi. Yevrokuboklar yo‘llanmasi uchun kurashda raqobat o‘ta yuqori ekanligi jamoaning ishlarini yanada qiyinlashtirmoqda.

Kiritildi: 08:59, 31.03.2026.
O'qildi: 961 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик