Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Bavariya» Fil Fodenni transfer qilmoqchi

«Bavariya» Fil Fodenni transfer qilmoqchi

Baho:
+ | -

«Bavariya» rahbariyati «Manchester Siti»ning hujumkor yarim himoyachisi Fil Fodenni o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan. Myunxen klubi allaqachon futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqdi. O‘z navbatida, «Man Siti» Fodenni «Etixad»da olib qolish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Ayni damda ingliz klubi rahbariyati Foden bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralarni faollashtirgan. «Manchester Siti» «Bavariya» tomonidan bo‘layotgan qiziqishdan xabardor va futbolchini yangi kelishuvga ko‘ndirish orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olishga intilmoqda.

Foden Manchesterda qolishga qarshi emas, biroq u amaldagi shartnomasiga nisbatan moliyaviy shartlar yaxshilanishini talab qilmoqda. Manbaning ta’kidlashicha, «shaharliklar» rahbariyati futbolchini jamoada saqlab qolish uchun, katta ehtimol bilan, uning shartlariga rozi bo‘ladi.

Fil Foden — «Manchester Siti» akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, u 2017 yilda klubning yoshlar jamoasidan asosiy tarkibga o‘tgan edi. Joriy mavsumda u «shaharliklar» safida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan, Transfermarkt portali esa futbolchining bozor qiymatini 80 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 12:05, 31.03.2026.
O'qildi: 364 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик