Kirish Ro'yxatdan o'tish

Tuxel Saka va Raysning holati bo‘yicha ma’lumot berdi

Tuxel Saka va Raysning holati bo‘yicha ma’lumot berdi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Bukayo Saka va Deklan Raysning jarohatlari haqida to‘xtalib o‘tdi. Avvalroq, ushbu futbolchilar sog‘lig‘idagi muammolar sababli «uch sherlar» qarorgohini tark etgani xabar qilingan edi.

«Saka va Rays? Ular maydonga tushishni, jamoaga yordam berishni juda ham xohlashgandi, biroq tavakkal qilishdan hech qanday ma’no yo‘q edi. Ularning o‘zlarini noqulay his qilayotgani ko‘rinib turgandi. Vaziyatni yanada og‘irlashtirib yuborish xavfi mavjud edi», — dedi Tuxel jurnalistlarga bergan intervyusida.

Seshanba kuni, 31 mart kuni Angliya terma jamoasi o‘z maydonida Yaponiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Bundan avval «uch sherlar» Urugvay bilan durang (1:1) o‘ynagan edi.

Kiritildi: 13:48, 31.03.2026.
O'qildi: 169 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик