Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Kukurelya: "Mareskani "Chelsi"dan bo‘shatmagan bo‘lardim"

Kukurelya: "Mareskani "Chelsi"dan bo‘shatmagan bo‘lardim"

Baho:
+ | -

"Chelsi" himoyachisi Mark Kukurelya Enso Mareskaning bosh murabbiylik lavozimidan ozod etilishi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Londonliklar italiyalik mutaxassisni shu yilning yanvar oyida iste’foga chiqarishgan edi. Uning o‘rnini Liam Rossenyor egalladi.

"Enso Mareska bilan o‘zimizni barqarorroq his qilardik, chunki biz 18 oy davomida birga ishladik. Agar u bilan o‘tkazgan ilk mavsum oldi tayyorgarligimizga qarasangiz, shubhalar bor edi (o‘shanda "Chelsi" 6 ta o‘rtoqlik uchrashuvidan faqat bittasida g‘alaba qozongan).

Har bir futbolchi nima qilish kerakligini tushunishi uchun muayyan jarayon zarur. Mareska bilan ishlagan so‘nggi oylarimizda deyarli "avtomat" tarzida o‘ynay boshlagandik. Agar tizimni o‘zgartirsak ham, nima qilish kerakligini bilardik. Buning uchun vaqt kerak.

Har bir sovrin uchun kurashayotgan "Arsenal"ga qarang. Ular Mikel Arteta bilan deyarli yetti yildan beri ishlashmoqda va hali ko‘p narsa yutishmadi. Ammo loyihaga bo‘lgan ishonch o‘z mevasini bermoqda.

Biz Mareska bizdan nima xohlayotganini bilardik. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida qozonilgan g‘alaba ham yordam berdi, bu jamoadagi aloqalarni mustahkamlaydi. Qachonki murabbiy senga ishonch bildirsa va sovrinlar uchun kurashish imkoniyatini bersa, sen u uchun joningni berishga tayyor bo‘lasan. Shu sababli Mareskaning iste’fosi bizga qattiq ta’sir qildi. Klub shunday qarorga keldi, lekin mendan so‘rashganda, bunday qilmagan bo‘lardim.

Bunday o‘zgarishlar bilan mavsum oxirigacha kutgan ma’qul. Bu futbolchilar va yangi murabbiyga tayyorgarlik ko‘rish, to‘liq mavsum oldi yig‘inini o‘tkazish uchun vaqt beradi", — dedi Mark Kukurelya.

Kiritildi: 16:26, 31.03.2026.
O'qildi: 626 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик