Bolgariyaning Sofiya shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi guruh mashqi dasturida 1 ta bronza medaliga egalik qildi. Qizlarimiz ushbu muvaffaqiyatga 5 ta to‘p bilan mashq yo‘nalishida erishdilar.
Jahon kubogi bosqichi.
5 ta to‘p bilan mashq
1. Xitoy – 27.250
2. Neytral sportchilar (Rossiya) – 27.200
3. O‘zbekiston – 25.350













