Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino Eron terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishini va guruh bosqichidagi o‘yinlarini avvaldan rejalashtirilganidek AQSHda o‘tkazishini ma’lum qildi.
"Eron Jahon chempionatida qatnashadi. Biz bundan xursandmiz, chunki bu juda va juda kuchli jamoa. Men jamoani ko‘rdim, futbolchilar va murabbiy bilan suhbatlashdim, shuning uchun hammasi joyida. Eronning o‘yinlari qur’a natijalariga ko‘ra qayerda o‘tkazilishi kerak bo‘lsa, o‘sha yerda bo‘lib o‘tadi", — deya Infantinoning so‘zlarini keltiradi The Guardian nashri.
Avvalroq Eron futbol federasiyasi prezidenti Mahdi Toj tashkilot Eron terma jamoasining JCH-2026 doirasidagi o‘yinlarini AQSHdan Meksikaga ko‘chirish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini xabar qilgan edi.













