"Manchester Yunayted" posboni Senne Lammens jamoa bosh murabbiyi Maykl Kerrik bilan ishlash haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Kerrikning hamma narsani juda aniq tushuntirib berish va mohiyatni yetkazish qobiliyati — birinchi bo‘lib ko‘zga tashlangan jihat bo‘ldi. U biz uchun katta qiyinchiliklar tug‘dirmadi va chalkashtirib yubormadi. Ba’zan murabbiylar haddan tashqari murakkab sxemalarni o‘ylab topishadi, o‘shanda ayrim futbolchilar o‘yinga kirishib ketolmaydi, hamma uchun bir xil darajaga chiqish qiyin bo‘ladi.
Birinchi o‘yindayoq u nima xohlayotgani tushunarli edi. Murabbiy oldimizga eng murakkab vazifalarni qo‘ymadi, lekin shu bilan birga o‘yinchilarga o‘z kuchli tomonlarini ko‘rsatish imkoniyatini berdi. Himoyada gol o‘tkazib yubormaslik juda muhim, hujumdagi o‘yinchilarimiz esa farqni yuzaga keltira olishadi. Ehtimol, aynan mana shu usul eng yaxshi natija bermoqda", — deya Lammensning so‘zlarini keltiradi The Athletic.
44 yoshli mutaxassis 2026 yil 13 yanvarda 2025/2026 yilgi mavsum yakuniga qadar "Manchester Yunayted"ga vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlangan edi.
APLning 31 turidan so‘ng "Manchester Yunayted" 55 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.













