Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Gattuzo Italiya terma jamoasidan ketadimi? Murabbiy yakuniy qarorini e’lon qilishi kutilmoqda

Gattuzo Italiya terma jamoasidan ketadimi? Murabbiy yakuniy qarorini e’lon qilishi kutilmoqda

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Djennaro Gattuzoning kelajagi noaniqligicha qolmoqda.

Italiya futbol federasiyasi prezidenti Gabriele Gravina murabbiydan o‘z lavozimida qolishni so‘raganini oshkora tasdiqladi, biroq mutaxassis hali yakuniy qarorga kelgani yo‘q. Jurnalist Nikolo Skiraning ma’lumotlariga ko‘ra, federasiya rahbarining iltimosiga qaramay, Gattuzo jamoaning Jahon chempionatiga chiqa olmaganidan so‘ng iste’foga chiqish haqida jiddiy bosh qotirmoqda. Yakuniy javob yaqin kunlarda berilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi JCH-2026 yo‘llanmasi uchun kechgan pley-off finalida Bosniya va Gersegovinaga imkoniyatni boy berdi. Asosiy va qo‘shimcha vaqtlar 1:1 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida esa bosniyaliklar 4:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Gattuzo ushbu lavozimni o‘tgan yilning yozida egallagan edi.

Kiritildi: 12:34, 01.04.2026.
O'qildi: 723 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик