Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Liverpul» himoyachisi jarohat oldi. U «Siti» va «PSJ»ga qarshi bahslarni o‘tkazib yuborishi mumkin

«Liverpul» himoyachisi jarohat oldi. U «Siti» va «PSJ»ga qarshi bahslarni o‘tkazib yuborishi mumkin

Baho:
+ | -

«Liverpul» klubi va Niderlandiya terma jamoasi o‘ng qanot himoyachisi Jeremi Frimpong navbatdagi jarohatini oldi.

25 yoshli futbolchi Kolumbiyaga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvining ikkinchi bo‘limi avvalida zaxiradan maydonga tushdi, biroq 58-daqiqadayoq majburiy ravishda almashtirildi. O‘yin yakunlanganidan so‘ng «to‘q sariqlar» ustozi Ronald Kuman lateralning jarohat olganini tasdiqladi.

Endilikda «Liverpul»ni oldinda juda muhim bahslar kutmoqda: shu shanba, 4 aprel kuni Angliya Kubogi 1/4 finali doirasida «Manchester Siti»ga qarshi o‘yin bo‘lib o‘tsa, 8 aprel kuni Arne Slot shogirdlari Chempionlar ligasi chorak finalining ilk uchrashuvida «PSJ» bilan to‘qnash kelishadi.

Eslatib o‘tamiz, Niderlandiya va Kolumbiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Kiritildi: 12:36, 01.04.2026.
O'qildi: 698 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик