Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Shvesiya murabbiyi Potter: "Hissiyotlarni jilovlash qiyin bo‘ldi"

Shvesiya murabbiyi Potter: "Hissiyotlarni jilovlash qiyin bo‘ldi"

Baho:
+ | -

Shvesiya terma jamoasi bosh murabbiyi Grem Potter o‘z shogirdlarining jahon chempionatiga yo‘llanma olgani borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Hal qiluvchi o‘tish (pley-off) o‘yinida Shvesiya Polshani 3:2 hisobida mag‘lub etdi.

«Ajoyib oqshom. Bu katta sharaf va beqiyos tajriba! Dramalarga boy o‘yin bo‘ldi, hissiyotlarni va tikilgan maqsad naqadar muhimligini nazorat qilish juda qiyin kechdi», — deya murabbiyning so‘zlarini keltirmoqda UEFA rasmiy sayti.

Shuningdek, 2025 yilning oktyabr oyida jamoa jilovini o‘z qo‘liga olgan Potter shuni ta’kidladiki, terma jamoada iqtidorli futbolchilar yetarli bo‘lsa-da, dastlab muvaffaqiyatga erishish uchun buning o‘zi kamlik qilgan, chunki jamoa yaxlit bir butunlikka aylana olmagan edi.

Jahon chempionatida Shvesiya "F" guruhida Tunis, Niderlandiya va Yaponiya terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Kiritildi: 17:05, 01.04.2026.
O'qildi: 669 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик