Kirish Ro'yxatdan o'tish

Karlo Anchelotti Neymarni JCH-2026 qaydnomasiga kiritmoqchi emas

Karlo Anchelotti Neymarni JCH-2026 qaydnomasiga kiritmoqchi emas

Baho:
+ | -

Neymarning terma jamoaga ehtimoliy qaytishi — Jahon chempionati arafasida Braziliya futbolidagi eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biri bo‘lib turibdi.

«Santos»ning 34 yoshli futbolchisi «pentakampeonlar»ning mart oyidagi yig‘iniga taklif etilmadi, biroq u hamon bo‘lajak mundialga borishdan umid qilmoqda. The Touchline nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Braziliya terma jamoasi Neymarni JCH-2026 qaydnomasiga kiritishni rejalashtirmayapti. Aftidan, yulduz hujumchi endi terma jamoalarning bosh turnirida boshqa maydonga tushmaydi.

Braziliya OAVlari, shuningdek, Karlo Anchelotti boshchiligidagi murabbiylar shtabi kelayotgan yozda Neymarni milliy jamoa safiga chaqirmaslik niyatida ekanligini xabar qildi. Shu bilan birga, «selesao» vakillari «Santos» ishtirokidagi o‘yinlarni kuzatishda davom etadilar.

Kiritildi: 11:44, 02.04.2026.
O'qildi: 897 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик