Kirish Ro'yxatdan o'tish

Enso Fernandes argentinalik yulduzning rejalari ma’lum bo‘ldi

Enso Fernandes argentinalik yulduzning rejalari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandes faoliyatini Madridning «Real» klubida davom ettirishga tayyor.

25 yoshli futbolchi «qaymoqranglilar» uchun ushbu kelishuvni amalga oshirish qiyin bo‘lishini tushunib turibdi, biroq o‘z transferini tezlashtirish uchun bor imkoniyatini ishga solmoqda. Jurnalist Xorxe Pikonning ta’kidlashicha, aynan shu sababli keyingi paytlarda argentinalik futbolchi «qirollik klubi»ga o‘tish istagiga ochiqchasiga ishora qilmoqda — shu yo‘l bilan u transferning naqadar real ekanligini tushunib olmoqchi.

Yaqinda bergan intervyusida Enso Fernandes Madridda yashashni xohlashini aytgan edi — albatta, bu «Real» uchun o‘ziga xos signal sifatida qabul qilindi. Yarim himoyachining «Chelsi» bilan shartnomasi 2032 yilgacha mo‘ljallangan, shu sababli uning sotilish ehtimoli u qadar yuqori emas.

Kiritildi: 11:48, 02.04.2026.
O'qildi: 628 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик