Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichiga qur’a tashlanadi

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichiga qur’a tashlanadi

Baho:
+ | -1

29 mart kuni O‘zbekiston kubogi guruh bosqichida ishtirok etadigan barcha — 32 ta klub nomi ma’lum bo‘ldi. Bugun ular o‘z raqiblarini bilib oladi.

Milliy jamoaning mundial oldi yig‘inidan kelib chiqib, 5 maydan e’tiboran Superliga katta tanaffusga chiqadi. O‘rtadagi bo‘shliqni to‘ldirish maqsadida Liga va klublar o‘zaro kelishgan holda 8–26 may sanalari oralig‘ida O‘zbekiston kubogining guruh bosqichini o‘tkazishga qaror qildi. Endilikda, klub milliy jamoa yig‘iniga qancha futbolchisini berishidan qat’i nazar, kubok o‘yinini o‘tkazadi.

Qur’a tartibi va savatchalar:

O‘z futbolchilarini terma jamoa ixtiyoriga jo‘natayotgan klublar manfaatidan kelib chiqib, ishtirokchilar reglament asosida savatchalarga bo‘lib chiqilgan. Bir savatchadan joy olgan klublar guruhda o‘zaro raqib bo‘lmaydi.

  • Imtiyoz: Birinchi savatchadan joy olgan 8 ta klub guruh bosqichidagi 2 ta uchrashuvni o‘z maydonida o‘tkazadi.

  • Mezbonlik masalasi: Qolgan uchta savatchadan faqat bittasiga 2 ta o‘yinni o‘z uyida o‘tkazish nasib qiladi (qur’a orqali), qolgan ikki savat vakillari esa 2 ta o‘yinni safarda o‘tkazadi.

Qur’a jarayoni:

Qur’a jarayoni 15:00 da start oladi va Liganing rasmiy sahifalari orqali jonli namoyish etiladi. Dastlab 4-savatcha, so‘ngra 3, 2 va yakunda 1-savatcha klublari guruhlarga taqsimlanadi. Tadbirga media sohasi vakillari mehmon sifatida taklif etilgan.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 11:52, 02.04.2026.
O'qildi: 836 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик