Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

«PSJ» yarim himoyachisi «Liverpul» bilan o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

«PSJ» yarim himoyachisi «Liverpul» bilan o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

Baho:
+ | -

«Pari Sen-Jermen» yarim himoyachisi Fabian Ruis tizzasidagi jarohatidan so‘ng tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.

29 yoshli futbolchi to‘p bilan ishlashni boshladi, biroq hamon individual tarzda shug‘ullanmoqda — u hozircha jamoaviy mashg‘ulotlarga qo‘yilmagan, deya xabar beradi Le Parisien. Ispaniyalik futbolchi parijliklarning juma kuni Liga 1 doirasida «Tuluza»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahs qaydnomasiga kiritilishi dargumon, shuningdek, uning Chempionlar ligasi 1/4 finalidan o‘rin olgan «Liverpul» bilan dastlabki uchrashuvdagi ishtiroki ham so‘roq ostida turibdi.

«PSJ» kelgusi chorshanba, 8 aprel kuni o‘z maydonida «Liverpul»ni qabul qiladi, 14 aprel kuni esa «Enfild»da javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Fabian Ruis yanvar oyidan beri maydonga tushgani yo‘q.

Kiritildi: 12:49, 02.04.2026.
O'qildi: 692 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик