Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Janluidji Buffon Italiya terma jamoasi delegasiyasi rahbari lavozimini tark etdi

Janluidji Buffon Italiya terma jamoasi delegasiyasi rahbari lavozimini tark etdi

Baho:
+ | -

Bir qator klublar va Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Janluidji Buffon milliy jamoa delegasiyasi rahbari lavozimini tark etdi.

«Bosniyaga qarshi o‘yindan keyin aytilgan iste’fo qarori mening qalbim tubidan chiqqan shoshilinch qaror edi. U qalbimdagi og‘riq va ko‘z yoshlar kabi samimiy va tabiiy bo‘ldi, buni sizlar bilan bo‘lishaman.

Mendan barcha vaziyatni yaxshilab o‘ylab chiqishi uchun vaqt berishlarini so‘rashdi.

Endi esa prezident ham iste’foga chiqishga qaror qilgach, men o‘zim to‘g‘ri deb hisoblagan mas’uliyatli qarorni qabul qilishda o‘zimni erkin his qilyapman. Chunki men jamoaviy ruhni shakllantirish uchun ko‘p ish qilganimga, Jennaro Gattuzo va barcha hamkasblarim bilan birgalikda qisqa vaqt ichida milliy jamoa oldiga qo‘yilgan asosiy maqsad — Italiyani jahon chempionatiga qaytarish bo‘lganiga chin dildan ishongandim. Ammo biz buni uddalay olmadik.

Mendan keyin keladiganlarga bu lavozimga kimni munosib deb hisoblasalar, erkin tanlash imkonini berish to‘g‘ri deb hisoblayman.

Milliy jamoa sharafini himoya qilish men uchun ulkan sharaf va bolaligimdan qalbimni zabt etgan ehtirosdir.

Men barcha sohalarni o‘rganib, turli yosh toifalari jamoalari o‘rtasida muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yuvchi bog‘lovchi bo‘lishga harakat qildim. Turli murabbiylar bilan birgalikda eng kichik yoshdan boshlab U-21 jamoasigacha bo‘lgan yagona tizimni shakllantirishga intildim.

Buning barchasi kelajakda asosiy milliy jamoa uchun iste’dodlarni rivojlantirishga bo‘lgan yondashuvni qayta ko‘rib chiqish uchun qilindi.

Men bir qator muhim va yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilishni talab qildim va buni amalga oshirdim. Ular mavjud imkoniyatlar bilan birgalikda o‘rta va uzoq muddatda zarur o‘zgarishlarni amalga oshirishmoqda.

Bu qarorlarning qanchalik to‘g‘ri ekanini siz baholaysiz.

Men bu boy tajriba uchun, hatto og‘riqli yakunga ega bo‘lsa ham, qalbimda minnatdorlik bilan saqlab qolaman», — deb yozdi Buffon ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Italiya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati yo‘llanmasi uchun pley-off finalida Bosniya va Gersegovinaga mag‘lub bo‘ldi (1:1, penaltilar seriyasi - 1:4).

Manba: championat.com
Kiritildi: 20:15, 02.04.2026.
O'qildi: 833 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик