Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real Madrid»ning short-listidan 7 nafar yarim himoyachi o‘rin olgan

«Real Madrid»ning short-listidan 7 nafar yarim himoyachi o‘rin olgan

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yozgi transfer oynasida maydon markazini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. AS nashri sahifalarida ushbu mavzuga bag‘ishlangan maqola chop etildi. Unda aytilishicha, madridliklar o‘z ro‘yxatiga yetti nafar yarim himoyachini kiritishgan.

«Real»ning short-listidan quyidagi futbolchilar joy olgan: Vitinya («PSJ»), Rodri («Manchester Siti»), Enso Fernandes («Chelsi»), Kes Smit («AZ Alkmaar»), Adam Uorton («Kristal Pelas»), Sandro Tonali («Nyukasl») va Aleksis Mak Allister («Liverpul»).

Qayd etilishicha, transfer jarayonida «Real»ning haddan tashqari ko‘p mablag‘ sarflashni istamasligi muhim omil bo‘lishi mumkin.

Hozirda «Real» Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 22:09, 02.04.2026.
O'qildi: 3254 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик