Kirish Ro'yxatdan o'tish

Yamal bu futbolchini «Barselona»dan ketishiga yo‘l qo‘ymaydi

Yamal bu futbolchini «Barselona»dan ketishiga yo‘l qo‘ymaydi

Baho:
+-1 | -

Vinger Lamin Yamal «Barselona»da alohida maqomga ega bo‘lib bormoqda. El Nacional nashrining xabar berishicha, Yamal Lionel Messidan nafaqat 10-raqamni, balki klubning sportga oid qarorlariga ta’sir o‘tkazish qobiliyatini ham meros qilib olgan.

Manbaga ko‘ra, Yamal klub sport direktori Deku va prezident Joan Laportaga himoyachi Alexandro Baldening jamoadan ketishini istamasligini ma’lum qilgan. «Barselona» Baldeni sotish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotgan edi, biroq Yamalning so‘zlari vaziyatni o‘zgartirishi kutilmoqda.

Ta’kidlanishicha, o‘z vaqtida Messi ham «Barselona»dagi bir nechta yaqin do‘stlarini transferdan saqlab qolgan edi. Yamal o‘z kumirining yo‘lidan borib, Baldeni himoya qildi.

Kiritildi: 05:15, 03.04.2026.
O'qildi: 7759 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик