Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Arsenal» va «Vest Xem» sobiq hujumchisi faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi

«Arsenal» va «Vest Xem» sobiq hujumchisi faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi

Baho:
+ | -

«Kadis» klubi o‘zining rasmiy saytida hujumchi Lukas Peres bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Payshanba kuni 37 yoshli ispaniyalik futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan kelishuvga qo‘l qo‘ydi.

Tajribali hujumchi bundan avval, 2022 yilda ham «Kadis» sharafini himoya qilgan edi. O‘shanda u 31 ta o‘yinda ishtirok etib, 8 ta gol muallifiga aylangan.

Peres faoliyati davomida «Arsenal», «Vest Xem», PSV, PAOK, «Elche», «Deportivo» va «Rayo Valyekano» kabi klublarda to‘p surgan. 2017 yilda London klubi safida Angliya liga kubogi g‘olibiga aylangan.

Ma’lumot uchun, «Kadis» 33-turdan so‘ng 38 ochko bilan La Liga 2 turnir jadvalida 18-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 05:22, 03.04.2026.
O'qildi: 541 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик