Kirish Ro'yxatdan o'tish

Allegrining Italiya terma jamoasini boshqarish imkoniyatlari baholandi

Allegrining Italiya terma jamoasini boshqarish imkoniyatlari baholandi

Baho:
+ | -

«Milan» ustozi Massimiliano Allegri Italiya terma jamoasida Jennaro Gattuzoning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.

«Skuadra Adzurra» yana jahon chempionatiga chiqa olmadi va yaqin vaqt ichida Gattuzo bosh murabbiylik lavozimini tark etishi taxmin qilinmoqda. Biroq, Sky Sport nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, Allegrining terma jamoaga tayinlanishi ehtimoli juda past. 58 yoshli mutaxassisning «Milan» bilan 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasi bor va klub rahbariyati murabbiy bilan xayrlashishni istamayapti — tomonlar allaqachon keyingi mavsum uchun rejalar tuzishni boshlab yuborishgan.

Italiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzodlar qatorida shuningdek, Antonio Konte va Roberto Manchini nomlari ham tilga olinmoqda.

Kiritildi: 05:43, 03.04.2026.
O'qildi: 535 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик