Kirish Ro'yxatdan o'tish

Neymar yuqori sermahsullik ko‘rsatmoqda

Neymar yuqori sermahsullik ko‘rsatmoqda

Baho:
+ | -

«Santos» hujumchisi Neymar BraziliyaA Seriya bahslarida yana samarali harakati bilan ajralib turdi.

34 yoshli futbolchi to‘qqizinchi tur doirasidagi «Remo Belem»ga qarshi bahsda (2:0) golli uzatmani amalga oshirib, jamoasining g‘alabasiga hissa qo‘shdi. Shu tariqa, yulduz futbolchi hisobida Braziliya chempionatining 4 ta o‘yinida jami 5 ta samarali harakat — 3 ta gol va 2 ta assist mavjud. Qizig‘i shundaki, ushbu natijalarning barchasi oxirgi to‘rtta o‘yinda qayd etildi, bungacha esa forvard jarohatini davolash bilan band edi.

Ayni paytda Braziliyada Neymarning bo‘lajak Jahon chempionatiga chaqirilishi borasidagi muhokamalar tinmayapti. Taxminlarga ko‘ra, Karlo Anchelotti futbolchini mundial qaydnomasiga kiritmasligi mumkin, biroq hujumchining hozirgi sport formasini hisobga olsak, voqealarning ijobiy rivoji hali ham istisno etilmagan.

Kiritildi: 08:18, 03.04.2026.
O'qildi: 1086 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик