Kirish Ro'yxatdan o'tish

40 yoshli Modrich yoshlarni hayratda qoldirmoqda

40 yoshli Modrich yoshlarni hayratda qoldirmoqda

Baho:
+ | -

«Milan» klubi chap qanot himoyachisi Davide Bartezagi jamoadoshi Luka Modrichga ta’rif berdi.

20 yoshli italiyalik futbolchi, «rossonerilar»ning boshqa vakillari kabi, 40 yoshli xorvatiyalik yulduzning mahoratiga qoyil qolmoqda.

«Modrich — buyuk futbolchi. Undan o‘rganadigan narsalarimiz juda ko‘p — xoh mashg‘ulotlarga bo‘lgan yondashuv bo‘lsin, xoh maydondan tashqaridagi o‘zini tutishi. Bularning barchasi juda muhim», — dedi Bartezagi «Milan» klubining rasmiy kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Luka Modrich o‘tgan yilning yozida erkin agent sifatida «Milan» safiga kelib qo‘shilgan edi. Italiyaga kelishidan oldin yarim himoyachi 13 yil davomida Madridning «Real» klubi sharafini himoya qilgan.

Kiritildi: 08:46, 03.04.2026.
O'qildi: 613 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик