Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kristensen "Barselona" taklifini rad etishi mumkin

Kristensen "Barselona" taklifini rad etishi mumkin

Baho:
+ | -

"Barselona" himoyachisi Andreas Kristensen klubdan shartnomani uzaytirish bo‘yicha taklif olgan, biroq hozircha unga javob bergani yo‘q. Bu haqda Diario SPORT nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar o‘z futbolchisiga ish haqini kamaytirgan holda bir yillik yangi shartnoma taklif qilishgan. Hozircha Kristensen bu kelishuvga qo‘l qo‘yish-qo‘ymasligi noma’lum, ayniqsa, agar "Barselona" shu yozda "Inter"dan Bastonini sotib olsa, vaziyat yanada chigallashishi mumkin.

Avvalroq Kristensen tizzasidagi xochsimon boylamlaridan jarohat olib, taxminan bir oyga safdan chiqqan edi.

Joriy mavsumda 29 yoshli daniyalik futbolchi barcha musobaqalarda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi. Futbolchining "ko‘k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi shu yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi.

Kiritildi: 14:36, 03.04.2026.
O'qildi: 1136 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик