Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Chelsi" xavbeki Enso Madriddagi hayot haqidagi gaplaridan so‘ng ikki o‘yinga chetlatildi

"Chelsi" xavbeki Enso Madriddagi hayot haqidagi gaplaridan so‘ng ikki o‘yinga chetlatildi

Baho:
+4 | -

"Chelsi" bosh murabbiyi Liem Rosenyor yarim himoyachi Enso Fernandesning Madridda yashash istagi haqidagi gaplaridan so‘ng, u ikki o‘yinga jamoadan chetlatilganini ma’lum qildi. Avvalroq, argentinalik futbolchi "Real"da o‘ynashni orzu qilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Shu tariqa, futbolchi Angliya Kubogi 1/4 finali doirasidagi "Port Veyl"ga qarshi va APLdagi "Manchester Siti" bilan bo‘ladigan muhim bahslarni o‘tkazib yuboradi.

"Men Enso bilan taxminan bir soat oldin gaplashdim. Klub, mening ishtirokimda, futbolchi ertangi o‘yinda ham, kelasi yakshanba kuni "Manchester Siti"ga qarshi bahsda ham maydonga tushmasligi haqida qaror qabul qildi.

Ensoning bunday tarzda fikr bildirganidan hafsalam pir bo‘ldi. Unga nisbatan yomon g‘arazliligim yo‘q, lekin u bizning madaniyatimiz va biz qurmoqchi bo‘lgan loyiha nuqtai nazaridan chiziqni bosib o‘tdi", — dedi Rosenyor.

Kiritildi: 15:54, 03.04.2026.
O'qildi: 1383 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик