Kirish Ro'yxatdan o'tish

Flik Ispaniya o‘yinida musulmonlarga qarshi aytilgan haqoratli qo‘shiq haqida fikr bildirdi

Flik Ispaniya o‘yinida musulmonlarga qarshi aytilgan haqoratli qo‘shiq haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flik Barselonada bo‘lib o‘tgan Ispaniya va Misr terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda (0:0) yangragan «Kimki sakramasa, u musulmon» qabilidagi hayqiriqlar haqida o‘z fikrini bildirdi.

O‘yindan so‘ng «Barsa» va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal shunday deb yozgan edi: «Bu hayqiriqlar raqib jamoaga qaratilganini va shaxsan menga aloqador emasligini bilaman. Biroq men musulmon sifatida buni hurmatsizlik va mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan holat deb hisoblayman».

«Lamin ajoyib bayonot berdi. Futbol olamida biz hammani birdek qabul qilish tarafdorimiz. Bu juda mahzun holat va faqat bir hovuch ahmoqlargina buni tushunishmayapti.

Mulohaza yuritish va xatolarni tuzatish vaqti keldi. Nafaqat futbolda, balki hayotda ham irqchilikka o‘rin yo‘q. Gap hammamiz haqimizda, birdamlik haqida ketmoqda. Terimizning rangi, irqimiz yoki dinimizdan qat’i nazar, barchamiz hurmat qilinishni istaymiz.

Biz irqchilikni xohlamaymiz. Fikrlash tarzini o‘zgartirish vaqti keldi», — dedi Flik.

Kiritildi: 18:24, 03.04.2026.
O'qildi: 1251 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик