Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Enrike: «Jarohatlar yo‘q»

Enrike: «Jarohatlar yo‘q»

Baho:
+ | -

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Fransiya chempionati doirasidagi «Tuluza»ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi. Uchrashuv 3 aprel kuni, 28-tur doirasida bo‘lib o‘tadi.

«Yangiliklar juda ijobiy, chunki jarohatlanganlar yo‘q. Yakuniy mashg‘ulotdan so‘ng har bir futbolchining jismoniy va ruhiy holatini ko‘rib chiqamiz. Maydondagi daqiqalar, safarlar, terma jamoalardagi o‘yinlardan keyingi hissiyotlar — bularning barchasidan so‘ng bor e’tiborni «Tuluza»ni mag‘lub etishga va «Liverpul»ga qarshi ikkita o‘yinga tayyorgarlikka qaratishimiz kerak.

Umid qilamanki, hammasi yaxshi o‘tadi va o‘yinchilar tayyor bo‘lishadi. Menimcha, ular mavsumning qaysi bosqichida turganimizni tushunadigan darajada aqlli», — dedi Enrike klub rasmiy saytiga.

Shuningdek, murabbiy raqib haqida ham to‘xtaldi:

«Tuluza» — jismonan kuchli va juda yaxshi jamoa. Statistikaga ko‘ra, ular safarda mag‘lub bo‘lishlari mumkin, lekin bu kamdan-kam hollarda bittadan ortiq to‘p farqi bilan sodir bo‘ladi».

Hozirda «PSJ» 69 ochko bilan 1-o‘rinda, «Tuluza» esa 37 ochko bilan 9-pog‘onada bormoqda.

Kiritildi: 20:54, 03.04.2026.
O'qildi: 672 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик