«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionati 27-turidan o‘rin olgan «An-Najma»ga (5:2) qarshi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 41 yoshli portugaliyalik yulduz uchrashuvda dubl qayd etdi: u 73 va 86-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qildi. O‘yindan so‘ng unga maxsus sovrin topshirildi.
Ronaldu joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida jami 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali o‘yinchining bozor qiymatini 12 million yevroga baholamoqda.













