Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/08 19:00 Surxon 0-1 Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv 2-1 Dinamo
07/08 20:00 Xorazm 2-0 Mash’al
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Ronaldu to‘purarlar poygasida peshqadamlarga yaqinlashdi

Ronaldu to‘purarlar poygasida peshqadamlarga yaqinlashdi

Baho:
+ | -

«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu maydonga qaytishini dubl bilan nishonladi.

41 yoshli portugaliyalik yulduz Saudiya Arabistoni chempionati 27-turi doirasidagi «An-Najma»ga qarshi o‘yinda (5:2) raqib darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi. Faxriy hujumchining ligadagi gollari soni 23 taga yetdi — u to‘purarlar poygasida uchinchi o‘rinni saqlab qolgan bo‘lsa-da, peshqadamlarga yaqinlashib oldi. Ayni damda «Al-Ahli» a’zosi Ayven Toni 25 ta gol bilan birinchi, «Al-Qodisiya» hujumchisi Xulian Kinyones esa 24 ta gol bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

«An-Nasr» turnir jadvalida bitta zaxira o‘yiniga ega bo‘lgan «Al-Hilol»ni olti ochkoga ortda qoldirgan holda peshqadamlik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu fevral oyi oxiridan beri ilk bor maydonga tushdi — u jarohati sababli butun mart oyini o‘tkazib yuborgan edi.

Kiritildi: 08:55, 04.04.2026.
O'qildi: 3610 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик