Kirish Ro'yxatdan o'tish

Uilson yozda top-klubga o‘tishi mumkin

Uilson yozda top-klubga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

«Liverpul» va «Tottenxem» klublari «Fulxem» vingeri Garri Uilson uchun kurash olib borishadi.

Uelslik futbolchi shu yilning iyul oyidayoq erkin agentga aylanishi mumkin — uning «dala hovli egalari» bilan shartnomasi o‘z nihoyasiga yetmoqda. TEAMtalk nashrining xabariga ko‘ra, «qizillar» va «shporlar» vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishmoqda va mavsumlar oralig‘ida 29 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.

Garri Uilson — «Liverpul» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, biroq mersisaydliklarning asosiy jamoasida bor-yo‘g‘i ikki bor maydonga tushgan. Joriy mavsumda futbolchi «Fulxem» safida barcha turnirlarda 34 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 11 ta gol va 7 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Mashhur Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 12:24, 04.04.2026.
O'qildi: 976 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик