Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Erling Xoland «Liverpul»ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etib, Xarri Keynning rekordini yangiladi

Erling Xoland «Liverpul»ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etib, Xarri Keynning rekordini yangiladi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland Angliya Kubogi chorak finali doirasida «Liverpul»ga qarshi kechgan bahsda (4:0) xet-trik qayd etdi.

Norvegiyalik futbolchi bitta penaltini aniq amalga oshirdi va ikki bor o‘yindan gol urdi. Ushbu xet-trik Xoland uchun 2022 yil yozida «Manchester Siti»ga o‘tganidan beri barcha turnirlardagi 12-si bo‘ldi. Bu ushbu davr mobaynida kuchli beshlik ligalari futbolchilari orasidagi eng yaxshi natijadir.

Xoland bu ko‘rsatkich bo‘yicha «Bavariya» forvardi Xarri Keynni ortda qoldirdi. Keyn hisobida mazkur vaqt oralig‘ida 11 ta xet-trik mavjud.

Joriy mavsumda Xoland barcha turnirlarda 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, 33 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 21:34, 04.04.2026.
O'qildi: 707 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик