Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

Anvar G‘ofurov: «Birinchi bo‘limida hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirib olganimiz sababli futbolchilar erkinroq harakat qilishdi»

Anvar G‘ofurov: «Birinchi bo‘limida hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirib olganimiz sababli futbolchilar erkinroq harakat qilishdi»

Baho:
+ | -

"Surxon" bosh murabbiyi Anvar G‘ofurov Superliganing 5-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Buxoro"ga qarshi o‘yin haqida fikrlarini bildirib o‘tdi va jurnalistlar savollariga javob berdi.

— O‘yin haqida fikrlaringiz?
— Oson o‘yin bo‘lmadi. Umuman olganda, chempionatda oson jamoaning o‘zi yo‘q — har bir uchrashuv qiyin kechadi va har bir jamoaning o‘ziga xos o‘yin uslubi bor. Bugungi bahsning birinchi bo‘limida hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirib olganimiz sababli futbolchilar maydonda erkinroq harakat qilishdi. Shuningdek, surxondaryolik muxlislarga alohida minnatdorchilik bildiraman — ular stadionda bizni faol qo‘llab-quvvatlashdi.

— Birinchi bo‘limda Doston Tursunov qanot yarim himoyasida harakat qilgan bo‘lsa-da, ko‘p hollarda markazda ko‘rindi. Bu taktik reja edimi?
— Albatta, har bir murabbiy o‘yin uchun turli reja va yechimlarni tayyorlaydi. Biz ham bugungi uchrashuv uchun turli vaziyatlarga mos taktik ishlanmalarni oldindan tayyorlab qo‘ygan edik.

— Asosiy jamoaga murabbiy bo‘lganingizdan so‘ng ijobiy natijalar qayd etildi. Eshitishimizcha, bu ikki o‘yin siz uchun sinov tariqasida berilgan. Keyingi faoliyatingiz qanday bo‘ladi?
— Bu masala bo‘yicha rahbariyat bilan hali gaplashganimiz yo‘q. Yakuniy qarorni rahbariyat qabul qiladi. Mening vazifam esa jamoani har bir o‘yinga yaxshi sport formasi va yuqori kayfiyatda tayyorlashdan iborat.

— «Surxon» jamoasining hozirgi natijalari uning haqiqiy kuchi yoki bu vaqtinchalik holatmi?
— Bu futbol. Jamoa ba’zan yutadi, ba’zan yutqazadi. Har bir uchrashuv uchun aniq reja va vazifa bo‘ladi. Agar reja ishlasa, natija ham ijobiy bo‘ladi. Agar nimadir o‘xshamasa, o‘z vaqtida o‘zgartish kiritish murabbiyning vazifasi.

— Bugun jamoa Dilshod Yo‘ldoshevning futbolkasi bilan suratga tushdi. Unga nima bo‘ldi?
— 2–3 kun avval u operasiyani muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Hozir uning ahvoli yaxshi. Butun jamoa Dilshodning tezroq sog‘ayib, safimizga qaytishini kutmoqda. Bugungi o‘yinda ham uning kayfiyatini ko‘tarish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida shu ishni amalga oshirdik.

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 23:49, 04.04.2026.
O'qildi: 535 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик