Diyego Simeone «Atletiko» bosh murabbiyi sifatida o‘z faoliyatida 25-bor «Barselona»ga imkoniyatni boy berdi.
Bugun La Liganing 30-turi doirasida madridliklar kataloniyaliklarga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.
Argentinalik mutaxassis hisobida «blaugrana»ga qarshi jami 44 ta o‘yin mavjud. Ushbu bahslarning faqat 7 tasida «Atletiko» g‘alaba qozongan, 12 ta uchrashuv esa durang bilan yakunlangan.
Joriy mavsumda Simeoneni «Barselona»ga qarshi yana ikkita muhim o‘yin kutmoqda — jamoalar 8 va 14 aprel kunlari Chempionlar Ligasi doirasida to‘qnash kelishadi.













