Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Flik «Real»ning mag‘lubiyati haqida nimalar dedi?

Flik «Real»ning mag‘lubiyati haqida nimalar dedi?

Baho:
+ | -

Shanba kuni «Barselona» Madridning «Real» klubi yo‘l qo‘ygan xatodan unumli foydalandi va La Liga chempionlik poygasidagi farqni oshirib oldi.

«Qaymoqranglilar» «Malyorka»ga (1:2) imkoniyatni boy berishdi. Keyinroq «ko‘k-anorranglilar» xuddi shunday hisobda «Atletiko»dan ustun kelishdi. Uchrashuv yakunlangach, jurnalistlar kataloniyaliklar ustozi Xans-Diter Flikdan «Real»ning mag‘lubiyati haqida nima deb o‘ylashini so‘rashdi, biroq nemis mutaxassisi bunga sovuqqonlik bilan javob qaytardi.

«Men sizlarga allaqachon aytganman — bu menga qiziq emas! Boshqa jamoalar meni tashvishga solmaydi», — dedi nemis murabbiyi matbuot anjumanida.

30-turdan so‘ng «Barselona» «Real»dan yetti ochkoga o‘zib ketdi. 8 aprel kuni Flik jamoasi yana «matraschilar» bilan to‘qnash keladi — bu safar o‘z uyida va Chempionlar Ligasi doirasida.

Kiritildi: 08:43, 05.04.2026.
O'qildi: 2834 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик