«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Madridning «Atletiko» klubi ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:1) so‘ng Lamin Yamal haqida o‘z fikrini bildirdi.
18 yoshli vinger uchrashuvda yorqin o‘yin namoyish etdi, biroq samarali harakatlar (gol yoki assist) bilan ajralib tura olmadi.
«Lamin biroz jahli chiqdi, chunki u qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi, lekin gol ura olmadi. Bu shunchaki his-tuyg‘ular, hammasi joyida. Hozir u kiyinish xonasida, ahvoli yaxshi», – deya Flikning o‘yindan keyingi intervyusidan iqtibos keltirmoqda Barca Universal.













