Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 4-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 1-0 Nasaf
28/04 23:59 PSJ - Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

«Real» yulduzining rafiqasi «Barselona» futbolchisining qizil kartochkasi bekor qilinganini masxara qildi

«Real» yulduzining rafiqasi «Barselona» futbolchisining qizil kartochkasi bekor qilinganini masxara qildi

Baho:
+4 | -1

«Atletiko» — «Barselona» uchrashuvining ikkinchi bo‘limi boshida bahsli vaziyat yuzaga keldi. Kataloniyaliklar himoyachisi Jerar Martin raqibning oyog‘iga butsalarining tishi bilan qo‘pol ravishda zarba berdi va qizil kartochka oldi. Biroq VAR aralashuvidan so‘ng chetlatish bekor qilinib, ogohlantirish (sariq kartochka) bilan almashtirildi. Martin qo‘pol to‘qnashuvgacha to‘pni tepib yuborgani jazoni yumshatish uchun yetarli deb topildi.

Martinning chetlatilishi bekor qilinganiga «Real» yarim himoyachisi Federiko Valverdening rafiqasi Mina Bonino munosabat bildirdi. U Martinning raqib oyog‘iga qo‘pol ravishda zarba berayotgan lahzasi muhrlangan kadrni e’lon qildi.

«Agar bu qizil kartochka bo‘lmasa, stadionni yopib qo‘ya qoling», — deb yozdi Mina surat ostiga va kulayotgan emodzini qo‘shib qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, Federiko Valverde shanba kuni «Atletiko»ga qarshi kechgan avvalgi o‘yinda olgan qizil kartochkasi sababli «Real»ning «Malyorka» bilan bahsini (madridliklar 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lishdi) o‘tkazib yubordi.

Kiritildi: 08:53, 05.04.2026.
O'qildi: 10682 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик