Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Fabregas murabbiylikka kirib kelishida Artetaning roli haqida gapirdi

Fabregas murabbiylikka kirib kelishida Artetaning roli haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Komo» jamoasi ustozi Sesk Fabregas murabbiylik faoliyatining boshida Mikel Arteta bilan maslahatlashganini yodga oldi.

38 yoshli ispaniyalik mutaxassis 2024 yildan beri Italiya klubida bosh murabbiy lavozimida ishlab kelmoqda.

«Men Arteta bilan gaplashib, bu ishga tayyor ekanligimga ishonchim komil emasligini aytgandim. U esa shunday javob berdi: «Hatto hozir tayyor bo‘lmasang ham, ichingdagi raqobatbardoshlik seni yechimlar qidirishga undaydi va o‘z qarashlaringni shakllantirishga yordam beradi». Oradan ikki yil o‘tib aytishim mumkinki, Mikel haq edi. Murabbiylar shtabim menga maslahatlar berib turdi, lekin yakunda qaror qabul qilish va mas’uliyatni o‘z zimmamga olish baribir mening vazifam edi», – deya ingliz OAVlari Fabregasning so‘zlarini keltirmoqda.

«Komo» A Seriyaning 30 ta turidan so‘ng turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 08:58, 05.04.2026.
O'qildi: 662 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик