Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

"Real" APLda Saliba va Konatega muqobil variant topdi

"Real" APLda Saliba va Konatega muqobil variant topdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi Angliya Premyer-ligasidan yana bir markaziy himoyachiga xaridor bo‘lmoqda.

«Qirollik klubi» Londonning «Arsenal» jamoasidan Vilyam Salibani hamda «Liverpul»dan Ibraima Konateni o‘z safiga qo‘shib olish urinishlaridan voz kechdi. Transfer News Live nashrining Defensa Central’ga tayanib xabar berishicha, «qaymoqranglilar»ning yangi nishoni «Kristal Pelas» sharafini himoya qilayotgan Maksans Lakrua bo‘lib turibdi. Avvalroq fransiyalik futbolchiga «Bavariya» va «Liverpul» klublari ham qiziqish bildirayotgani aytilgan edi.

Mart oyida Lakrua Braziliyaga qarshi kechgan bahsda zaxiradan maydonga tushib, Fransiya terma jamoasida debyut qildi. Transfermarkt ekspertlari futbolchining bozor qiymatini 40 mln yevroga baholamoqda. 6 aprel kuni markaziy himoyachi 26 yoshni qarshi oladi.

Kiritildi: 09:00, 05.04.2026.
O'qildi: 1816 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик