Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Flik: «Hali erta»

Flik: «Hali erta»

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik La Ligada hali hech narsa hal bo‘lmagan deb hisoblaydi.

Shanba kuni kataloniyaliklar safarda «Atletiko»ni mag‘lub etishdi (2:1) va Madridning «Real» klubi bilan oradagi farqni yetti ochkoga yetkazishdi. Avvalroq, o‘sha kuni «qaymoqranglilar» «Malyorka»ga imkoniyatni boy berishgan edi (1:2).

«Kiyinish xonasida yigitlar juda xursand edilar. Ammo oldinda bizni nima kutayotganini hamma biladi. Hali hech narsa hal bo‘lgani yo‘q. Biz xursandmiz, lekin bayram qilishga hali erta», – dedi Flik g‘alabadan keyingi matbuot anjumanida.

Chorshanba kuni, 8 aprelda, «Barselona» Chempionlar ligasi chorak finalining ilk bahsida yana o‘sha «Atletiko» bilan to‘qnash keladi. Ispaniya chempionatining navbatdagi turida esa «ko‘k-anorranglilar» o‘z maydonida «Espanyol»ni qabul qiladi.

Kiritildi: 12:58, 05.04.2026.
O'qildi: 899 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик