Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Son 19 daqiqa ichida 4 ta golli uzatma amalga oshirdi (+Video)

Son 19 daqiqa ichida 4 ta golli uzatma amalga oshirdi (+Video)

Baho:
+ | -

«Los-Andjeles» hujumchisi Son Xyon Min MLS doirasida «Orlando Siti»ga qarshi kechgan bahsning (6:0) bosh qahramonlaridan biriga aylandi.

33 yoshli futbolchi jamoadoshlariga to‘rt bor golli uzatmani amalga oshirdi, e’tiborlisi, barcha assistlar o‘yinning 20-daqiqasidan 39-daqiqasigacha bo‘lgan oraliqqa to‘g‘ri keldi. Janubiy koreyalik futbolchining uzatmalaridan so‘ng uchta holatda Denis Buanga raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 58-daqiqaga kelib, hisob 5:0 ko‘rinishida bo‘lib turganda, ikkala futbolchi ham zaxiraga olindi.

Son Xyon Min o‘tgan yilning avgust oyida «Tottenxem»dan «Los-Andjeles» safiga MLS uchun rekord darajadagi 22 mln yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Yulduz forvard joriy chempionatning eng yaxshi assistentlari ro‘yxatida peshqadamga aylanib oldi — endilikda uning hisobida oltita uchrashuvda oltita golli uzatma mavjud.

Kiritildi: 13:10, 05.04.2026.
O'qildi: 1476 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик