Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Flik: «Chempionlar ligasida hammasi boshqacha bo‘ladi»

Flik: «Chempionlar ligasida hammasi boshqacha bo‘ladi»

Baho:
+ | -

«Barselona» ustozi Xans-Diter Flik Chempionlar ligasi doirasida Madridning «Atletiko» jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan to‘qnashuvdan nimalar kutayotgani haqida gapirib berdi.

Shanba kuni kataloniyaliklar La Liga doirasida «matraschilar»ni mag‘lub etishgan edi (2:1). Kelayotgan chorshanba kuni esa «Kamp Nou» stadionida jamoalar o‘rtasidagi Chempionlar ligasi chorak finalining dastlabki bahsi bo‘lib o‘tadi.

«Chempionlar ligasida hammasi boshqacha bo‘ladi — har bir ishtirokchi yana 10 foiz ko‘proq kuch bilan harakat qiladi. Ikkala jamoa ham yarim finalga chiqishni istaydi. Biz aynan mana shunday o‘yinlar uchun tayyorgarlik ko‘ramiz. Biz o‘z o‘yinimizni namoyish etishimiz kerak», — dedi Flik o‘z intervyusida.

Javob uchrashuvi 14 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu qarama-qarshilik g‘olibi yarim finalda Londonning «Arsenal» yoki Lissabonning «Sporting» jamoalaridan biri bilan to‘qnash keladi.

Kiritildi: 13:36, 05.04.2026.
O'qildi: 813 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик