«Inter» hujumchisi Lautaro Martines A Seriyaning joriy mavsumida 26 ta o‘yinda 16 ta gol urdi.
Argentinalik futbolchi 31-tur doirasidagi «Roma»ga qarshi bahsning ikkinchi daqiqasidayoq hisobni ochdi. 52-daqiqada esa u dublni rasmiylashtirdi.
Lautaro Italiya chempionatining oxirgi 6 ta o‘yinida 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. U ayni damda A Seriyaning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.













