Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya
10/07 01:00 Fransiya - Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

Olmo Saudiyaning millionlaridan voz kechdi

Olmo Saudiyaning millionlaridan voz kechdi

Baho:
+ | -

«Barselona»ning hujumkor yarim himoyachisi Dani Olmoning klubni tark etishi haqidagi xabarlar tarqalmoqda.

27 yoshli futbolchiga Saudiya Arabistoni chempionati vakillari da’vogarlik qilmoqda, shuningdek, Yevropa grandlarining qiziqishi haqida ham mish-mishlar paydo bo‘ldi. Insayder Fabrisio Romano ispaniyalik futbolchining Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishdan bosh tortganini tasdiqladi — u bor e’tiborini «Barselona»ga qaratgan va ketish haqida hatto o‘ylab ham ko‘rmagan. Qayd etilishicha, o‘yinchi yaqin kelajakda «ko‘k-anorranglilar» safini tark etishni rejalashtirmayapti va hatto o‘ta foydali shartnoma shartlari ham uning fikrini o‘zgartira olmaydi.

Dani Olmo joriy mavsumda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va xuddi shuncha golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 03:40, 06.04.2026.
O'qildi: 832 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик