Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ian Rayt «Arsenal»ni tanqid qildi: «Shunday paytda chempionlikka tayyorlik bilinadi»

Ian Rayt «Arsenal»ni tanqid qildi: «Shunday paytda chempionlikka tayyorlik bilinadi»

Baho:
+ | -

«Arsenal»ning sobiq futbolchisi Ian Rayt London klubining Angliya Kubogidagi muvaffaqiyatsizligiga munosabat bildirdi.

Shanba kuni Mikel Arteta shogirdlari Angliya Kubogi chorak finalida kutilmaganda Chempionship vakili «Sautgempton»ga imkoniyatni boy berdi (1:2).

«Premyer-liga yakunigacha yettita o‘yin qoldi... va sen chorak finalda «Sautgempton»ni mag‘lub eta olmayapsanmi? Aynan shunday lahzalarda sening chempionlik uchun haqiqatda qanchalik tayyor ekanliging ko‘rinib qoladi», — dedi Rayt.

Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida «to‘pchilar» 70 ochko bilan birinchi o‘rinda borishmoqda. «Arsenal» ikkinchi pog‘onadagi «Manchester Siti»ni 9 ochkoga ortda qoldiryapti.

Kiritildi: 04:03, 06.04.2026.
O'qildi: 824 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик