Shanba kuni La Liga 30-turi doirasida "Atletiko" o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qildi va 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Ushbu o‘yindan so‘ng madridliklar ustozi Diyego Simeone Xans-Diter Flikka qarata "Sen bu yerga qaytib kelishingni o‘yla", dedi.
"Atletiko" murabbiyining ohangi tahdidli ko‘rinardi, bu ularning keyingi o‘yinda qasos olish istagiga ishora qilardi. Flik hayron bo‘ldi va Simeonega g‘azab bilan qarashda davom etdi.
8 aprel kuni jamoalar YECHL chorak finalida "Kamp Nou"da to‘qnash kelishsa, 14 aprel kuni Madridda javob o‘yini bo‘lib o‘tadi.













