Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Konte «Napoli»ning chempionlik imkoniyatlari haqida gapirdi

Konte «Napoli»ning chempionlik imkoniyatlari haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Napoli» ustozi Antonio Konte jamoasining ketma-ket ikkinchi bor skudettoni qo‘lga kiritish imkoniyatlarini baholadi. A Seriyaning 31-turidan so‘ng neapolliklar «Inter»dan 7 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinni egallab turishibdi.

«Biz realist bo‘lishimiz kerak. Birorta ham xatoga yo‘l qo‘ymasligimiz va shu bilan birga, «Inter» bir emas, bir necha bor qoqilishidan umid qilishimiz lozim. «Inter» qayd etayotgan natijalarni hisobga olsak, buning ehtimoli pastdek tuyuladi. Ularda juda kuchli tarkib bor, ular haqli ravishda peshqadamlik qilmoqdalar. Biz esa shunchaki «gaz pedalidan oyog‘imizni olmasligimiz» (sur’atni pasaytirmasligimiz) kerak.

Biz skudettoni oxirigacha himoya qilamiz. Ko‘p oylar davomida buning uddasidan chiqa olmagandik, ammo hozir o‘z taqdirimizni yana qo‘limizga oldik va balandparvoz bayonotlarsiz shu ruhda davom etmoqchimiz.

Chempionlar ligasi yo‘llanmasini hali qo‘lga kiritish kerak. Bu biz uchun fundamental maqsaddir, chunki ushbu turnirda ishtirok etishning moliyaviy foydalarini hamma yaxshi biladi», — dedi Konte.

Kiritildi: 13:13, 07.04.2026.
O'qildi: 708 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик