Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Maguayr: «Ishonchim komil, eng yaxshi lahzalarimiz hali oldinda»

Maguayr: «Ishonchim komil, eng yaxshi lahzalarimiz hali oldinda»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» himoyachisi Xarri Maguayr klub bilan yangi kelishuvga imzo chekkanidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Avvalroq «qizil iblislar» 33 yoshli futbolchi bilan hamkorlikni yana bir yilga uzaytirilganini rasman e’lon qilgan edi.

«Manchester Yunayted» sharafini himoya qilish — bu eng oliy sharaf. Bu men va oilam har kuni faxrlanadigan mas’uliyatdir. Ushbu aql bovar qilmas klubda qolishim uzaytirilganidan xursandman. Jamoadagi har bir inson sovrinlar uchun kurashishga ahd qilgan va ishonchim komil — bizning eng yaxshi lahzalarimiz hali oldinda», — deya Maguayrning so‘zlarini keltirmoqda mankunianliklar matbuot xizmati.

Hozirda «Manchester Yunayted» APL turnir jadvalida 31 turdan so‘ng 55 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoani oldinda 13 aprel kuni «Lids»ga qarshi muhim bahs kutmoqda.

Kiritildi: 15:21, 07.04.2026.
O'qildi: 434 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик